Bloglar | Geografik xabarlar | Alyaska haqida
1867-yilning 30-martida Rossiya o'zining Shimoliy Amerikadagi yerlarini AQShga sotib yuborgan. TASS Rossiyaning bu okeanorti mustamlakasining betakrorligi, uning qisqa lekin yorqin tarixi va Alyaska sotilganligining asl sabablari haqida ocherk tayyorladi.
Provintsiya muzeyining oynavand vitrinasida o'lchamlari 20x20 sm bo'lgan misdan yasalgan lavh bor: unda "Rossiya ixtiyoridagi yerlar" so'zi bitilgan. Biroq Rossiyada bunaqasini topib bo'lmaydi — faqat okean ortida, faqat Alyaskada uchratasiz.
— Yangi qo'shib olingan hududlarga rus qo'shinlari yog'och ustunlar o'rnatishga odatlanishgan edi, — deya hikoya qiladi Irkutsk oblastidagi Shelexov shahar muzeyi direktori Natalya Volkova, — Biroq, Alyaskada yog'och ustunlar o'rnatishdan ma`ni yo'q edi — yerli aholi yoki raqobatchi-mustamlakachilar ularni olib yoqib yuborishi mumkin edi. Shu sababli Grigoriy Shelixov Alyaska yeriga lavhlar ko'mishga buyurgan.
Grigoriy Shelixov — sanoatchi, savdogar, tadqiqotchi, uning sharofati bilan Alyaska yerlari o'zlashtira boshlangan. U bu yerlarning bir asr mobaynida Rossiya yerlari hisoblanishi uchun ko'p ishlar qilgan.
Rossiya Shimoliy Amerikani mustamlakaga qanday aylantirdi?
Shelixov kemalari Alyaska sohillariga yetib borgan birinchi savdogar emas edi. 1742-yilda Vitus Bering ekpeditsiyasi qatnashchilari Amerikaning g'arbiy sohillarini ochishgach, ular Rossiyaga qayta turib o'zlari bilan dengiz sug'urining mo'ynalarini keltirishgan. Mo'ynalar o'zining qiymati bilan Sibir savdogarlari orasida juda mashhurlashib ketgan.
Keyingi o'n yilliklar rus sanoatchilarining Komandor, Aleut orollari va Alyaska sohillariga to'xtovsiz ekspeditsiyalariga bilan kechgan. Eski kemalar va tajribasiz dengizchilar bilan... Mo'yna uchun yo'l olgan kemalardan har uchinchisi Bering dengizida g'arq bo'lgan.
Grigoriy Shelixov mo'yna ishlab chiqarishga nafaqat tijoriy, balkim geosiyosiy tus bera boshlashidan avval qirq yilcha vaqt o'tgan. 1784-yili Kadyak oroliga qadam bosgach, u bu yerda ilk manzilni barpo etadi va Alyaskaga nafaqat tijoriy, balkim hududiy talablarni ham qo'ya boshlaydi.
Amerika sohillariga Shelixov 20 yoshli rafiqasi Natalya Alekseyevna bilan keladi. Bu yerda u mo'yna ishlab chiqarib, boyib ketishni ko'zlab emas, avvalo o'zini shu yerning egasidek tuta boshlaydi.
— Rossiya Amerikasida Shelixov bor-yo'g'i 2 yil yashaydi. Shu vaqt ichida aleutlar va tlinkitlar bilan qurolli to'qnashuvlar o'tkazib, tezda mahalliy aholi bilan aloqa o'rnatib oladi. Aborigenlarning farzandlari forpostda rus bolalari bilan bir xil sharoitda qabul qilinadi, ular uchun maktablar ochiladi, hunar o'rgatila boshlaydi. Qay birlarini Rossiyaning sharqiy poytaxti — Irkutskka o'qishga jo'natishadi, — deya hikoya qiladi Volkova.
Aynan Shelixov sharofati bilan Shimoliy Amerikadagi rus manzilgohlari o'zining betakror ko'rinishiga ega bo'la boshlaydi.
Rus Amerikasining betakrorligi
Shelixov 1795-yilda — o'zining eng yirik biznes-rejasi amalga oshganini ko'ra olmay vafot etadi. Uning kompaniyasi barcha raqobatchilaridan ustun chiqadi va 1799-yilda imperator Pavel I mo'yna ishlab chiqarish va boshqa ishlarga Aleut orollaridan Kaliforniyagacha bo'lgan ulkan hududda rasmiy monopoliya taqdim etadi.
Shelixov kompaniyasi Rus manzilgohlari ustidan ma`muriy boshqaruv funksiyalariga ham ega bo'lgan aksiyadorlik jamiyati — Rus-Amerika kompaniyasi (RAK) tuzish uchun asos bo'ladi
Rossiya iqtisodiyotida RAK uch karra qaldirg'och bo'ladi: ilk monopoliya, ilk marta ma`lum bir hududga boshqaruvning davlat funksiyalari taqdim etilgan davlat va xususiy mulk sherikchiligi, imperator oilasi a`zolari ishtirokidagi ilk aksiyadorlik jamiyati.
Mohiyatan, Rossiya mustamlakalarni boshqarishning ingliz-sakson uslubidan foydalana boshlaydi — Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi singari. Lekin bu holda RAK sof iqtisodiy faoliyat bilan birgalikda, Shimoliy Amerika va butun Tinch okeani mintaqasida Rossiya geosiyosiy manfaatlari yo'lboshchisi funksiyasini bajarishdek muhim ish bilan ham shug'ullanadi.
Uning puliga tadqiqot ekspeditsiyalari tashkillashtiriladi, jumladan, Yer kurrasi bo'ylab sayohatlar, Rossiya savdo floti tashkillashtiriladi. Kompaniya nafaqat Alyaska, shuningdek, Saxalin, Primore va Amurbo'yi hududlari rivojiga ham pul tikadi.
RAK — o'ziga xos "Imperiya qurilishining pudratchisi" edi, deb yozadi Ilya Vinkovetskiy o'zining "Rus Amerikasi" kitobida. U shuningdek, "Alyaskadan tajriba maydoni sifatida foydalanish boshdan-bosh mavjud edi. Peterburg uchun okean ortidagi yagona mustamlaka o'sha paytda ham ulkan hududga ega bo'lgan Rossiyaning biror bir joyida amalga oshirilmagan boshqaruv strategiyasini sinash poligoni edi", — deb yozadi. DAVOMI BOR
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 15 Aug 2018, 14:01
Muallif: @QIROLUS (90)
Raxmat aytishgan: 2 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 6 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
www.uzmasters.ru Onlayn 339 (0/339)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru