Bloglar | Taom retseplari | O`rikli chizkeyk — yoz yozdek o`tsin!
Zarur masalliqlar: 300 gr. tvorog, 200 gr. o`rik mevasi, 200 ml. smetana, 180 gr. shakar, 100 grammdan uvadalanuvchi pechene va sariyog`, 2 dona tuxum, pichoq uchida vanilin.
Tayyorlanishi: 1. Pechenelarni maydalab, yaxshilab talqon qiling.
2. Sariyog`ning ozginasi bilan qolipni yog`lab, qolganini pechene talqoni bilan aralashtiring. Qolipga solib, tekislang. So`ngra 175 darajada qizdirilgan gaz pechiga 10-15 daqiqaga qo`ying.
3. O`riklarni ikkiga ajratib, danagini olib tashlang. Quruq tovaga solib, ozgina suv va yarim stakan shakar qo`shing-da, dimlang. 15 daqiqalardan so`ng olovdan olib, o`rik mevalarini yaxshilab ezing.
4. Tvorog, smetana, 2 dona tuxum, qolgan shakar va vanilinni mikserda aralashtiring.
5. Pecheneli aralashma ustidan avval o`rikli jemni solib, keyin tvorogli aralashmani quying. Choy qoshiq bilan salgina aralashtirib yuboring. So`ngra 160 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga qo`ying. Pishgach sovitib, 1 soat muzlatkichga solib qo`ying.
8 kishilik
1 soat
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 6 Oct 2018, 11:38
Muallif: @Nodirali (46)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 6 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
www.uzmasters.ru Onlayn 217 (0/217)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru